QATTASAN← Bosh sahifa

O'yin qoidalari

QATTASAN: Dili.me taqdim etadigan o'yin-shou. Ro'yxatdan o'tish orqali siz quyidagi qoidalarga rozilik bildirasiz.

Kimlar qatnasha oladi

18 yoshdan katta, sog'lig'i o'yinlarga yaroqli bo'lgan, MDH davlatlaridan biriga tegishli telefon raqami va faol Instagram akkaunti bor shaxslar.

Ishtirok bepul. Tanlangan ishtirokchilar syomkaga Toshkentga o'zlari keladi.

Ro'yxatdan o'tish

Saytdagi formani to'ldirib, Telegram botda telefon raqamingizni tasdiqlaysiz. Shundan so'ng sizga ishtirokchi raqami beriladi.

Bir odam faqat bitta raqam bilan ro'yxatdan o'tadi. Soxta akkauntlar va takroriy ro'yxatlar chetlatiladi.

Saralash

Uch oy davomida sayt va Telegram bot orqali 100 ga yaqin shart beriladi. Shartlarni birinchilardan bo'lib bajargan 111 kishi saralashdan o'tadi.

Video «Dilime qattasan? Showda ko'rishguncha!» iborasi bilan boshlanishi, Instagram'da joylanishi va Dili.me belgilanishi kerak. Videolarni moderatorlar ko'rib chiqadi, ularning qarori yakuniy.

Yakuniy jonli efirda yana 222 kishi tanlanadi: 155 tasi homiylar shartlari orqali, 67 tasi eng qiyin va qiziqarli shartlar orqali.

Syomka va shartnoma

333 ishtirokchi bilan shartnoma tuziladi va ular tibbiy ko'rikdan o'tadi. Hayotga xavfli o'yinlar o'tkazilmaydi.

O'yinlar formati syomka kunida ham o'zgarishi mumkin.

Sovrin

G'olib 1 mlrd so'm yoki Porsche Taycan avtomobilidan birini tanlaydi. Sovrinni topshirish tartibi shartnomada belgilanadi.

Kafolatlar

Ro'yxatdan o'tish ishtirokchi bo'lishni yoki sovrin yutishni kafolatlamaydi.

O'zgarishlar

Tashkilotchi qoidalarni yangilashi mumkin. Yangiliklar rasmiy kanal va Telegram botda e'lon qilinadi.